17:30 / 04.11.2018
4 907

Oʻzbekistonda issiq suv va issiqlik taʼminoti narxlari ham oshiriladi

Oʻzbekistonda issiq suv va issiqlik taʼminoti narxlari ham oshiriladi
Oʻzbekistonda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari ham oshiriladi. Bu haqda hukumatning 1 noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan.

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 16 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi tariflarini aholi uchun koʻpi bilan 10 foizgacha oshirish va boshqa isteʼmolchilar uchun tannarxdan kelib chiqqan holda oʻrnatsin”, — deyiladi hujjatda.

Oxirgi marta issiq suv va isitish tariflari shu yilning mayida oshgandi. Unga koʻra, Toshkent aholisi, hisoblagich boʻlgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 10,6 foizga oʻsib, 3915,9 soʻmdan 4332 soʻmga yetgandi. Hisoblagich mavjud boʻlmaganda oyiga kishi boshiga 16 917,49 soʻm toʻlanadi.

Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1423,86 soʻmdan 1464,53 soʻmga oshirilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda issiq suv va issiqlik taʼminoti narxlari ham oshiriladi