22:10 / 06.11.2018
2 267

“The Hindu”: Tub o‘zgarishlar inqilobsiz ham sodir bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bunga yaqqol misoldir

“The Hindu”: Tub o‘zgarishlar inqilobsiz ham sodir bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bunga yaqqol misoldir
Mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan yangiliklarga Hindiston ommaviy axborot vositalari va ekspertlari ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Masalan, “The Hindu” gazetasida chop etilgan maqolada jurnalist Suxasini Haydar “O‘zbekiston o‘zgarmoqda, u bilan birga butun Markaziy Osiyo o‘zgarmoqda” deya fikr bildiradi.

“Tub o‘zgarishlar inqilobsiz ham sodir bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bunga yaqqol misoldir, — deb yozadi sharhlovchi. — Shavkat Mirziyoyev 2016 yili davlat rahbari lavozimiga saylangach, jadal islohotlarni boshladi. Ularning hayotga tatbiq etilishi jarayonini butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatayotir. Davlat va jamiyat hayotining barcha jabhasi — davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, sud tizimi, matbuot o‘zgarishlarga yuz tutdi”.

Jurnalistning fikricha, minglab shaxslarning “qora ro‘yxat”lardan o‘chirilgani, huquqni himoya qilish organlari isloh etilishi, fuqarolar huquq va manfaatlari himoyasi kuchayishi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilingan muhim qarorlarning natijasi bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyat mazkur yangiliklarni juda katta mamnuniyat bilan kutib oldi.

Tashqi siyosatda O‘zbekiston yetakchisi uzoqni ko‘ra biluvchi rahbar sifatida o‘zini namoyon etdi. Tahlilchilarning baholariga suyangan holda jurnalist Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining 18 oyi mobaynida xorijiy mamlakatlarga 17 ta tashrifni amalga oshirganini yozadi. Qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash o‘zbek diplomatiyasining diqqat markazida bo‘ldi.

“Prezident Mirziyoyev Markaziy Osiyoning har bir mamlakatiga tashrif buyurdi. Chegaralar bo‘yicha muzokaralar tiklandi, ko‘plab bahsli masalalar hal etildi. Uning Pekin, Seul, Moskva, Vashington, Nyu-Dehli, Parijga tashriflari esa rasmiy Toshkentning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yuksalishiga xizmat qildi. Afg‘onistonga nisbatan siyosatini mutlaqo o‘zgartirib, O‘zbekiston endi ushbu mamlakatga hamkorlik uchun imkoniyatlar manbai sifatida qaramoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinch muzokaralar o‘tkazish uchun maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Viza tartibining soddalashtirilishi, valyuta va bojxona sohalarining liberallashtirilishi, S. Haydarning fikricha, mamlakatga sayyohlar va xorijiy sarmoyalar oqimi kengayishi uchun mustahkam poydevor yaratdi. Bu respublika aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladigan yoshlar uchun minglab ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “The Hindu”: Tub o‘zgarishlar inqilobsiz ham sodir bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bunga yaqqol misoldir