16:30 / 12.11.2018
4 592

Qaysi tibbiy muassasalar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi?

Qaysi tibbiy muassasalar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi?
O‘zbekiston ba’zi tibbiy muassasalar davlat byudjeti asosida aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Asosiy tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish muassasalari:

Qishloq va tibbiy vrachlik punktlari;
Qishloq hududiy kasalxonalari;
Tuman va shahar oila poliklinikalari;
Ko‘p tarmoqli tuman va shahar poliklinikalari;
Tuman va shahar tibbiy birlashmalari (xo‘jalik hisobidan faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy muassasalardan tashqari).

Favqulodda va tez tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari:

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallari;
Tez yordam ko‘rsatish bo‘limlari, stansiyalari va kasalxonalari.

Onalik va bolalikni himoya qilish muassasalari:

Bolalar muassasalari (bolalar uyi, bolalar kasalxonasi, sanatoriyalar, poliklinikalar, markazlar, bolalar bog‘chasi va bo‘limlar);
Tug‘uruqqa yordam ko‘rsatish muassasalari (akusherlik komplekslari, tug‘uruqxonalar, perinatal markazlar – ginekologik bo‘linmalar va koykalardan tashqari);
Onalar va bolalar muassasalari (“Ona va bola” markazlari, Skrining markazlar);
O‘smirlar markazlari.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarni davolash muassasalari:

Psixiatrik va psixonevrologik muassasalar (dispanserlar, kasalxonalar, markazlar va sanatoriyalar);
Ftiziatrik muassasalar (klinikalar, dispanserlar, kasalxona va sanatoriyalar);
Onkologik muassasalar (klinikalar, dispanserlar, markazlar va kasalxonalar);
Dermatovenerologik muassasalar (klinikalar, dispanserlar va kasalxonalar – teri tanosil bo‘limlari va koykalardan tashqari);
Endokrinologik muassasalar (klinikalar, dispanserlar va kasalxonalar);
Narkologik muassasalar (dispanserlar va kasalxonalar);
Profpatologik muassasalar (markazlar va bo‘limlar);
Leprozoriya;
OITS markazlari.

Infeksion muassasalar (klinikalar, kasalxonalar, markazlar va bo‘limlar).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qaysi tibbiy muassasalar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi?