“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018 yil 14 dekabrdan Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha 350/349-sonli yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu poyezd “Qoraqalpog‘iston” stansiyasi orqali harakatlanadi. Belgilangan jadvalga ko‘ra, yangi yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftada bir marta – har juma kuni amalga oshiriladi.
Hozirda O‘zbekistondan Moskvaga ikkita poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan: Toshkentdan 005F-sonli va Andijondan 149F-sonli poyezdlar. Toshkentdan Moskvaga qatnovchi poyezd payshanba va shanba kunlari yuradi, u manzilga yetib olish uchun 2 kun 18 soat vaqt sarflaydi. Andijondan Moskvaga poyezdlar esa seshanba va yakshanba kunlari yuradi va yo‘lga 3 kun 1 soat vaqt ketadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari hamda temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi