15:04 / 14.11.2018
4 805

Respublikada parrandachilik klasterlari tashkil etiladi

Respublikada parrandachilik klasterlari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining bosqichma-bosqich barcha hududda parranda yetishtirish, uni qayta ishlash va yakuniy tayyor mahsulot tayyorlab, iste’molchiga yetkazish jarayonini to‘liq qamrab olgan parrandachilik klasterlarini tashkil etish (shu jumladan, 2019 yilda 13 ta) to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar muddatda salohiyatli tadbirkorlik sub’ektlarini, moliyalashtirish manbalari va yer maydonlarini aniqlab, 2019-2021 yillarda parrandachilik klasterlarini tashkil etishning manzilli dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi xavf va muhim nazorat nuqtalarini tahlil qilish (“HACCP”), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (“ISO”) va “Halal” standartlari talablarini inobatga olgan holda, parrandachilik korxonasini texnologik loyihalashtirish me’yorlarini ishlab chiqadi va parranda mahsulotlarini xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish choralarini ko‘radi.

Belgilanishicha, parranda kasalliklariga emlash uchun ishlab chiqarishning munosib amaliyoti (GMP – Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega bo‘lgan xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning vaksina va biopreparatlari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi va qo‘shimcha muvofiqlik sertifikatlari talab qilinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Respublikada parrandachilik klasterlari tashkil etiladi