Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqqa bordi (foto)

  • 15 noyabr 2018, 17:38
  • 2 118
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqqa bordi (foto)
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

    Mo‘ynoq mamlakatning eng shimoliy hududi. Bu yerda 30 mingdan ziyod aholi yashaydi. Mehnatga layoqatli insonlarning aksariyati ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda band.

    2019 yilda Mo‘ynoq tumanida yana ko‘plab - sanoat sohasida 12 ta, qishloq xo‘jaligida 5 ta, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy soha ob’ektlari qurish va ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Mo‘ynoqning mavjud salohiyati, tabiiy imkoniyatlaridan foydalanib, ichki bozorga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Masalan, Mo‘ynoq atrofida qamish ko‘p. Uni qayta ishlaydigan korxonalar tashkil etib, bozorbop qurilish materiallari tayyorlash, yoshlarni ish bilan ta’minlash mumkin. Hududning yana bir imkoniyati - suv havzalari. Ularda baliqchilikni rivojlantirish, baliqni qayta ishlab sotish orqali oilalarga baraka kiradi. Mo‘ynoqda chorvachilik, ayniqsa, echkichilikni rivojlantirish ham mumkin. Echki tashqi muhitga yaxshi moslashadi, ozuqa tanlamaydi. Uning junidan kundalik ehtiyoj tovarlari tayyorlab sotish xotin-qizlar uchun ish o‘rni bo‘ladi. Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan asli shu - Mo‘ynoq aholisi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ularning sabr-qanoati, vatanparvarligi, mehnatkashligi uchun rahmat aytishimiz, shunga munosib xizmat qilishimiz kerak.

    Shu bois prezident kelgusi ikki yilda Mo‘ynoqda 20 ta ko‘p qavatli uy qurish, yangi shaharcha barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu yerda zamonaviy shaharsozlikdagi barcha yangiliklarni joriy etish, namunaviy infratuzilma yaratish zarurligini ta’kidladi.

    Ekologiya muzeyi zalida mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ana shu ulkan rejalar haqida so‘z bordi.




    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqqa bordi (foto)