17:07 / 18.11.2018
3 820

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Kanadaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Kanadaga boradi
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Vashingtonda Kanada general-gubernatori Jyuli Payettga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

General-gubernator qarorgohida o‘tkazilgan marosimdan keyin Kanada rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ko‘tarilish bosqichida ekanini qayd etib o‘tgan.

«Men Kanadaning Sky Power kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga energetika sohasini rivojlantirish uchun katta investitsiya bilan kirayotganini eshitishdan mamnunman», degan u.

Uning fikricha, bu loyiha «ikki tomon uchun ham manfaatli va yutuqli loyiha» hisoblanadi.

Shu bilan birgalikda, u hali O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida «hali bajarish kerak bo‘lgan ishlar» borligini ta’kidlagan. Xususan, davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmini ko‘paytirish, ta’lim sohasidagi hamkorlikni faollashtirish zarurligini qayd etgan.

Marosim yakunida elchi Kanada TIVning Sharqiy Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha byurosi direktori Ellison LeKler bilan ham uchrashgan.

Kanadalik diplomat bilan O‘zbekiston rahbarining 2019 yilning birinchi yarmida Kanadaga tashrif buyurishi masalasi muhokama qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Kanadaga boradi