Foto: «TheWorldNews»
O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat ekan. Sayyohlar bu yurtda Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagidek bexavotir yurishlari mumkin, deyishmoqda 2019 yil uchun risklar xaritasini tuzgan «International SOS» hamda «Control Risks» kompaniyalari mutaxassislari.
Foto: travelriskmap.com
Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari, Afg‘onistonni istisno qilganda, «o‘rtacha risk darajasi»ga kiritildi. Xuddi shu toifa mamlakatlar qatorida, masalan, Rossiya, Hindiston, Turkiya va Isroil ham bor.
«Yuqori darajali risk» hududiga Tojikistonning Afg‘onistonga chegaradosh yerlari va Qirg‘iziston janubi kiritilgan.
Sayyohlik uchun eng xavfli mamlakatlar — Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Yaman.
Eng xavfsiz mamlakatlar — Daniya, Islandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Sloveniya, Finlyandiya va Shveysariya.
«International SOS» sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 92 mamlakatda faoliyat yuritadi. Tashkilotning yordam markazlariga kuniga 12 mingtagacha telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi