20:00 / 26.11.2018
7 321

Saudiya Arabistoni podshohi Shavkat Mirziyoyevga taklif bilan chiqdi

Saudiya Arabistoni podshohi Shavkat Mirziyoyevga taklif bilan chiqdi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga o‘z ishonch yorliqlarini topshirdi.

TIV xabariga ko‘ra, Ar-Riyod shahridagi al-Yamama podshohlik saroyida tashkil etilgan tantanali marosimdan so‘ng podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan suhbat bo‘lib o‘tgan.

Davlat rahbari O‘zbekiston Saudiya Arabistoni uchun mintaqadagi do‘stona, ishonchli va istiqbolli sherik ekanligini ta’kidladi hamda uning mamlakati Saudiya – O‘zbekiston munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Podshoh O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining chuqur ehtiromini yetkazib qo‘yishni so‘radi va mamlakat rahbarini o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saudiya Arabistoni podshohi Shavkat Mirziyoyevga taklif bilan chiqdi