17:38 / 28.11.2018
10 755

Prezident farmoni: «O‘zbekiston havo yo‘llari» endi yo‘q

Prezident farmoni: «O‘zbekiston havo yo‘llari» endi yo‘q
Fuqaro aviatsiyasi, jumladan, yerusti infratuzilmasi ekspluatatsiyasining haddan ziyod monopollashuvi bu sohada xizmat ko‘rsatishning jahon darajasidan sezilarli ortda qolishiga, shuningdek, mamlakatdagi ayrim aeroportlarning rentabelligini yo‘qotishiga olib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan tegishli farmonida aytiladi.

Farmonga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK qayta tashkil etiladi. MAK direksiya bazasida «Uzbekistan Airways​» AJ, «Uchuvchilar majmuasi» DUK, «Havo aloqalari bosh agentligi» va «O‘zaviatexta’minot» kompleksi ish boshlashi kutilmoqda.

O‘zbekistondagi aeroportlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida «Uzbekistan Airports​» AJ faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Jamiyat havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aeroport infratuzilmasini yaxshilash bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Shuningdek, aeroportlar hududida zamonaviy savdo shoxobchalar faoliyatini shakllantirish va bank xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.

Hujjatga ko‘ra, milliy aviakompaniya qoshida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports (aeroportni nazorat qilish bo‘yicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qo‘yilgan va ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident farmoni: «O‘zbekiston havo yo‘llari» endi yo‘q