19:43 / 28.11.2018
4 741

O‘zbekistonda yana bir vazirlik tashkil etiladi

O‘zbekistonda yana bir vazirlik tashkil etiladi
O‘zbekistonda Transport vazirligi tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida topshiriq berilgan.

Hujjatga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Hukumat komissiyasiga 2019 yilning 15 yanvariga qadar Transport vazirligi tuzish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan.

Yangi vazirlik transport sohasini tashkil etish va tartibga solishning barcha masalalari bo‘yicha javobgar tashkilotga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda avtomobil transport agentligi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Agentlik avtomobil transporti sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, avtomobil tashishlarini amalga oshirishning normativ-huquqiy va metodik bazalarini, shuningdek yo‘lovchilar va avtomobil transport ob’ektlari xavfsizligini tashkil etishni takomillashtirish, avtomobil transport xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi o‘ndan ortiq boshqa vazifalarni bajaradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yana bir vazirlik tashkil etiladi