“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi;
- “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.
Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi.
Shuningdek, ushbu hujjat bilan kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan ob’ektlarni “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi belgilandi.
Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurishda qurilish qiymatining 30 foizigacha bo‘lgan qismi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?