00:32 / 30.11.2018
4 094

30 noyabr kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

30 noyabr kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga borib yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi) kuzatiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol g‘arb tomonga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g‘arb tomonga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g‘arb tomonga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir qorga aylanishi) mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g‘arb tomonga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g‘arb tomonga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g‘arb tomonga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 30 noyabr kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?