12:45 / 01.12.2018
3 706

O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini to‘xtatib qo‘ydi

O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini to‘xtatib qo‘ydi
Ukraina Shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonga yuborilgan shakar va yuklar tushirib olinmayapti hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmayapti.

Bunday holat Ukrainadan yuklar qabul qilib olishga qo‘yilgan taqiq bilan bog‘liq, deyiladi assotsiatsiya xabarida:

«Bunday to‘satdan to‘xtab qolish ilgari tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilmasligiga olib kelmoqda. O‘zbekiston so‘nggi olti oy davomida Ukraina shakarining asosiy importchisi bo‘lgani hisobga olinsa, asosiy bozorni yo‘qotyapmiz, deyishimiz mumkin», - deya izoh berdi assotsiatsiya tahliliy bo‘limi rahbari Ruslana Butilo.

Xabar qilinishicha, «Ukrsukor» korxonasi Ukraina Agrar va oziq-ovqat siyosati vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligiga O‘zbekistonga keltirilgan Ukraina mahsulotlari to‘xtatib qolinayotgani bo‘yicha vaziyatni aniqlashtirish hamda hal qilishni so‘rab murojaat qilgan.

O‘zbekiston yil boshidan beri Ukraina shakarining asosiy xaridoridir. 2017-2018 yillarda Ukraina tashqi bozorga 560,4 ming tonna shakar yetkazib berdi, O‘zbekiston hissasiga 79,1 mln dollarlik 209,9 ming tonna to‘g‘ri keldi. Avgust oyida O‘zbekiston Ukraina eksport shakarining deyarli barcha hajmini - 89 foizini sotib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bojxonachilari Ukrainaning 4,8 mln dollarlik farmatsevtika mahsulotini ushlab turgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini to‘xtatib qo‘ydi