Harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

  • 1-12-2018, 14:00
  • 1 898
  • O‘zbekiston
  • Harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Mudofaa vazirligining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjati loyihasi joylashtirildi.

    Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436–II-sonli qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

    5-modda ikkinchi qismining:

    ikkinchi xatboshisidagi “(oliy ma’lumotli shaxslar uchun - to‘qqiz oy)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

    uchinchi xatboshisidagi “to‘qqiz” degan so‘z “o‘n ikki”degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

    18-moddaning uchinchi qismidagi “aprel” degan so‘z “may” degan so‘z bilan almashtiriladi;

    19-moddaning birinchi qismidagi “fevral-mart” degan so‘zlar “mart-aprel” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

    20-moddaning beshinchi qismi:

    quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

    “yigirma yetti yoshga to‘lganligi sababli Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida;”;

    sakkizinchi xatboshisi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblanadi;

    21-modda:

    quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldiriladi:

    “Oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘z roziliklari bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishlari mumkin. Bunda talabalar oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga yilning iyul-avgust oylarida jalb etiladilar.”;

    to‘rtinchi–oltinchi qismlar tegishincha beshinchi–yettinchi qismlar deb hisoblanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

    hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi;

    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi.

    » » Harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi