19:38 / 01.12.2018
4 335

BAAda o‘tadigan festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni taqdim etiladi (foto, video)

BAAda o‘tadigan festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni taqdim etiladi (foto, video)
2009 yildan buyon BAAda o‘tkazib kelinayotgan mamlakat asoschisi Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivalida ilk bor taqdim etiladigan O‘zbekiston paviloni eng katta kompozitsiya bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbek paviloni ulkan Registon maydoni shaklida bo‘lib, yon atrofidagi hujralarda xunarmandchilik, naqsh o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, so‘zana tikish san’ati kabi o‘zbek milliy madaniy meroslari ekspozitsiyalaridan iborat. Bundan tashqari, amaliy san’at yaralishini namoyish qiluvchi miniatyuralar o‘rin egallagan. O‘zbek milliy madaniy paviloni markazida o‘rnatilgan katta qozonda esa 10 ming kishilik osh pishirilishi ko‘zda tutilgan.


«Bizning asosiy maqsadimiz dunyo aholisi va sayyohlar e’tiborini Amirliklarning o‘tmish va bugungi hayotiga qaratishdir. Bu yilgi tadbirning geografik chegaralari sezilarli ravishda kengaydi va unda O‘zbekistonning ham qatnashayotgani bizni xursand qilmoqda», — dedi festival tashkiliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Humayd al Nayodiy.


Mehmonlar o‘zbek milliy raqslaridan lazgi, tanovar va munojot, maqom va baxshilar kuylari, doirachi va dutorchilar san’atidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Milliy hunarmandlar va oshpazlar tomonidan master klasslar tashkil etilib, o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, festival davomida tashrif buyuruvchilar va nufuzli mehmonlar uchun «O‘zbegim» va «Maqom» kitob albomlarining rasmiy taqdimot marosimi o‘tqazilishi ham ko‘zda tutilgan.


2 dekabrda boshlanadigan Abu Dabi festivali har yili BAAning asos solingan kuni arafasida bo‘lib o‘tadi. Bundan ko‘zlangan maqsad – turli millat madaniy meroslarini bir biriga va dunyoga tanitish uchun ko‘prik sifatida xizmat qilishdir. Nufuzli milliy madaniy va zamonaviy san’at festivaliga o‘tgan yili qariyb yarim million odam tashrif buyurgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi festival o‘tgan yilgisiga nisbatan qiziqarli bo‘ladi.





[media=https://www.youtube.com/embed/SwXX4Bdg3Jw]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » BAAda o‘tadigan festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni taqdim etiladi (foto, video)