O‘zbekistonda minimal ish haqi 577 ming so‘mgacha oshirilishi mumkin. Bu ko‘rsatkich 1 dekabrgacha 456 ming so‘mga teng edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirildi.
O‘zbekistonda minimal ish haqi yagona tarif setkasi koeffitsentlari bo‘yicha hisoblanadi. Hukumat 2019 yil 1 yanvardan quyi razryadlar koeffitsentlarini o‘rtacha 10 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.
Bunda tarif setkasidagi koeffitsentlarni anglatuvchi 2,476, 2,725 va 2,998 raqamlari tegishli ravishda 2,847, 2997 va 3,148 raqamlariga almashtiriladi.
Shunda kelgusi yil yanvaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi razryadlar bo‘yicha maosh oluvchilar ish haqi 577, 607 va 638 ming so‘mgacha ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring