21:25 / 03.12.2018
5 353

O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar soni oshdi

O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar soni oshdi
Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston pasporti besh pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Sputnik. 2017 yilda 73 o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston pasporti bu yil 68-o‘ringa ko‘tarilgan.

Ayni damda O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar soni 63 taga yetgan. O‘tgan yil ushbu ko‘rsatgich 54 ta mamlakatni tashkil qilar edi. O‘zbekistonliklar vizasiz borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘yidagilar qo‘shilgan: Kuba, Kot d-Ivuar, Gabon, Efiopiya, Tailand, Tojikiston, Ruanda, Qatar va M’yanma.

Ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda eng kuchli pasport – Birlashgan Arab amirliklariga qarashli. Ushbu mamlakat fuqarolari 167 ta mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Ikkinchi o‘rinda – Singapur va Germaniya. Ushbu mamlakat fuqarolari 166 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin.

Eng so‘nggi o‘rinda esa – Afg‘oniston. Ushbu mamlakat fuqarolari 29 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar soni oshdi