11:05 / 04.12.2018
7 196

Mudofaa vazirligi QVZ terma jamoasi xalqaro festivalda 2-o‘rinni egalladi (foto)

Mudofaa vazirligi QVZ terma jamoasi xalqaro festivalda 2-o‘rinni egalladi (foto)
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan «Sharq yulduzi» terma jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan «Mudofaa vazirining QVZ kubogi» xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, harbiy QVZ o‘yinidagi g‘oliblikni Volsk shahridan bo‘lgan «Maxfiy qurol» ayollar jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘ringa uch jamoa — O‘zbekiston Mudofaa vazirligining «Sharq yulduzi» terma jamoasi, Krasnodarning «Top sekret» hamda Penzaning «Penzalik artilleriyachilar» jamoasi munosib deb topildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uchinchi o‘ringa Dalnevostok oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining (Rossiya Federatsiyasi) «Ostorojno! DVOKU» jamoasi qo‘lga kiritdi.

Umumiy hisobda QVZ finalida sakkiz jamoa ishtirok etdi. G‘oliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu topshirdi.

2 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz tantanali ravishda kutib olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, “Sharq yulduzi” terma jamoasi 2017 yilda Moskvada o‘tkazilgan «Hamdo‘stlik QVZ» o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda birinchi va ikkinchi o‘rinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston QVZ Oliy ligasining bu yilgi finaliga yo‘llanma olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mudofaa vazirligi QVZ terma jamoasi xalqaro festivalda 2-o‘rinni egalladi (foto)