21:58 / 05.12.2018
4 189

Senatning yalpi majlisi 13 dekabrda bo‘lib o‘tadi

Senatning yalpi majlisi 13 dekabrda bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi 13 dekabr kuni Toshkent shahrida chaqiriladi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Yalpi majlis kun tartibiga O‘zbekistonning 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritiladi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar ham kiritiladi.

Bundan tashqari, senatorlar yalpi majlisda O‘zbekiston Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirlarining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadilar.

Yalpi majlisda Farg‘ona viloyati hokimi o‘z hisoboti bilan qatnashadi. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining axboroti ham tinglanadi.

Senat a’zolari O‘zbekiston Bosh vaziriga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati yuzasidan parlament so‘rovi yuborish bilan bog‘liq masalani ham muhokama qiladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senatning yalpi majlisi 13 dekabrda bo‘lib o‘tadi