O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Qaror bilan Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosini Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi etib qayta tashkil etish shuningdek, Markazning Toshkent shahar filialini tashkil qilish belgilandi.
Sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish sud-tibbiy xizmatini isloh qilishning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizalari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi va o‘z faoliyatida Markazga bo‘ysunadi.
Qaror bilan Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.
Pullik xizmatlardan tushgan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismi Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Marhumlar jasadini tashish Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallaridan Markaz va uning hududiy filiallariga o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlari ochish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Sud-tibbiy xizmat faoliyati sohasida elektron ma’lumotlar bazasini yaratiladi.
Shuningdek, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida tanatologiya bo‘limlari (morglar) va laboratoriya bo‘linmalarida sud-tibbiy va kriminalistik tadqiqotlarni ISO 9001 va 17025 xalqaro mezonlariga muvofiq o‘tkazish uchun ularni sovutkichli kameralar, seksiyali to‘plamlar, zamonaviy jihozlar, uskunalar, butlovchi qismlar va reaktiv moddalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan