08:27 / 10.12.2018
3 565

O‘zbekiston OPEKning kuzatuvchisiga aylandi

O‘zbekiston OPEKning kuzatuvchisiga aylandi
Neft eksportchi davlatlari tashkiloti (OPEK) 7 dekabr kuni kuzatuvchi maqomini olgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirgan. Ularning ichida O‘zbekiston ham bor, deya xabar berdi "Turon24" axborot agentligi.

7 dekabr kuni OPEK yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OPEK konferensiyasi raisi, BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazrui OPEK kuzatuvchilari qatoriga O‘zbekiston, JAR, Afrika neft sanoati assotsiatsiyasi qo‘shilganini aytgan.

"Men yangi ishlab chiqaruvchilarni "OPEK emas", balki kuzatuvchi maqomidagi davlatlar deya atagan bo‘lardim", degan al-Mazrui.

OPEK 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda tashkilot qazib olingan barcha neftning 80 foizini nazorat qiladi. OPEK tarkibiga 15 ta davlat kiradi: Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Qatar, Kongo respublikasi, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Ekvatorial Gvineya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston OPEKning kuzatuvchisiga aylandi