10:41 / 10.12.2018
4 993

O‘zbekiston paxta yetishtirishni 2,3 million tonnagacha qisqartirdi

O‘zbekiston paxta yetishtirishni 2,3 million tonnagacha qisqartirdi
O‘zbekiston joriy yilda 2,3 million tonna paxta yetishtirdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrigida aytiladi.

«O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan siz, azizlarning fidokorona mehnatingiz samarasini har kuni o‘z dasturxonida ko‘radigan xalqimiz bu yilgi mavsum qanday og‘ir va murakkab kechganini yaxshi biladi. Haqiqatan ham, tabiat injiqliklari – bahorning quruq kelgani, kutilmagan jala va bo‘ronlar, yoz faslidagi kuchli suv tanqisligi, jazirama issiq, turli hasharot va kasalliklar ekin-tikinlarga katta xavf tug‘dirgani, kuzda esa yog‘in-sochinlarning barvaqt boshlangani mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlarini yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazdi», - deyiladi davlat rahbari tabrigida.

Ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, mamlakat bo‘yicha 6 million 124 ming tonna g‘alla, 2 million 300 ming tonna paxta, 8 million 661 ming tonna sabzavot, 2 million 411 ming tonna kartoshka, 1 million 607 ming tonna poliz mahsulotlari, 2 million 100 ming tonnaga yaqin meva, 1 million 314 ming tonna uzum, 18 ming tonna pilla, 1 million 789 tonna go‘sht, 7 million 830 ming tonna sut tayyorlangan.

Qayd etilishicha, jami bo‘lib 58 trillion 181 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab 2,9 million tonnadan ortiqroq paxta xomashyosi terib olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston paxta yetishtirishni 2,3 million tonnagacha qisqartirdi