04:26 / 14.12.2018
4 660

Toshkentda qancha tilanchi borligi maʼlum qilindi

Toshkentda qancha tilanchi borligi maʼlum qilindi
13 dekabrda senatorlar Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan hujjat loyihasini koʻrib chiqishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Avvalroq Qonun hujjatlari taʼsirini baholash tizimi (QHTBT) portalida joylashtirilgan hujjat loyihasiga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 1883-modda bilan, Jinoyat kodeksi esa 1271-modda bilan toʻldirilishi kutilmoqda.

Taʼkidlanishicha, tilanchilik uchun maʼmuriy jazo (eng kam ish haqining bir barobaridan 3 barobarigacha yoki 15 sutkagacha maʼmuriy hibsga olish) qoʻllangandan keyin qonunbuzarlarga 240 soatgacha ijtimoiy-foydali ishlarga majburiy jalb etish, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shunday muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda oxirgi yil tilanchilik bilan shugʻullanuvchi 5 mingdan koʻproq kishi aniqlangan. Ulardan 4 mingini ayollar (3 mingi yosh bolalar bilan), 100 ga yaqinini nogiron erkaklar va 500 ga yaqinini keksa yoshli kishilar tashkil qiladi. Senatda maʼlum qilinishicha, Toshkentda Toshkent viloyatidan (30-35 foiz), Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan (25-30 foiz), Buxoro va Samarqand vilolyatlaridan (20-25 foiz) va poytaxtning oʻzidan (15-20 foiz) boʻlgan tilanchilar “ishlaydi”.

Baʼzi OAVda Oʻzbekistonda tilanchilik qonunan taqiqlangani maʼlum qilindi. Shunga eʼtibor qaratish kerakki, hozircha hech narsa rasman taqiqlanmagan, chunki har bir qonun loyihasi prezident tomonidan imzolanishi va OAVda rasman eʼlon qilinishi kerak. Shundan keyingina u kuchga kiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda qancha tilanchi borligi maʼlum qilindi