18:46 / 15.12.2018
4 416

Oʻzbekiston tumanida qariyb 8 mln soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Oʻzbekiston tumanida qariyb 8 mln soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxs 15 sutkaga qamaldi
2018 yilning 1 dekabriga qadar Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani boʻlimiga aliment va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida (oʻtgan yilning qoldigʻi bilan)1 993 ta ijro hujjatlari kelib tushgan. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

1 993 ta ijro hujjatlaridan hozirgacha 298 ta ijro hujjatlari ijrosi tamomlangan hamda 1 695 ta ijro hujjatlari qoldiqni tashkil qilgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishdan soʻng, aliment pullarini qasddan toʻlamasdan kelgan 21 nafar qarzdorga nisbatan maʼmuriy qamoq jazo chorasi qoʻllanilmoqda.

Jumladan, qarzdor Oʻzbekiston tumani, Qum MFY, Oydinbuloq qishlogʻida yashovchi fuqaro 1986 yilda tugʻilgan Gʻ.K undiruvchi D.F (ismlar shartli) foydasiga ikki nafar farzandini moddiy taʼminoti uchun 7 750 000 soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi sababli tuman maʼmuriy sudining qarori bilan G.K.ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 474-moddasi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan 15 (oʻn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.

Maʼlum qilinishicha, 71 nafar oila yarashtirilishi taʼminlanib, 71 ta ijro hujjatlari tamomlangan. Bundan tashqari, 825 ta qarzdorning Oʻzbekiston Respublikadan chetga chiqish huquqlari cheklangan. Shuningdek, 365 ta qarzdor ishga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston tumanida qariyb 8 mln soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxs 15 sutkaga qamaldi