14:05 / 20.12.2018
3 539

Alisher Usmonov: «Kelasi yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 300-400 mln dollar sarmoya kiritiladi»

Alisher Usmonov: «Kelasi yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 300-400 mln dollar sarmoya kiritiladi»
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor O‘zbekistonga investitsiyalar haqida ham gapirib o‘tdi.

Avgust oyida Alisher Usmonov «Arsenal» futbol klubidagi o‘z ulushini 550 million funt sterlingga sotdi. Forbes muxbirining tadbirkor bu pullarni qayerga sarmoya sifatida kiritmoqchi ekani haqidagi savoliga, Usmonov Toshkentdagi Islom markaziga yo‘naltirganini aytdi.

«Qurilish byudjeti mening 100 million dollarlik hissamni hisobga oladi. Bundan tashqari, bizning fondimiz orqali O‘zbekiston qishloqlarini rivojlantirishga ham sarflayapmiz. Jahon banki bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida qo‘shma dastur mavjud. Dastur loyihalaridan biri - qishloqlarni, shu jumladan, mening ona vatanim - Namangan shahridagi aholi punktlarini rivojlantirish. Ushbu loyihaga jami 100 million dollar sarmoya kiritamiz.

Sport va investitsiya loyihasi ham bo‘ladi. Bu yana 100 million dollar. Kelgusi yil oxiriga qadar O‘zbekistonga jami 300-400 million dollar miqdorida sarmoya kiritiladi. Bu faqat ijtimoiy loyihalar bo‘ladi, boshqalarga sarmoya kiritmayman», - dedi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Alisher Usmonov: «Kelasi yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 300-400 mln dollar sarmoya kiritiladi»