10:12 / 25.12.2018
4 767

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
25-26 dekabrda Qozog‘iston orqali Kaspiy dengizi hududlaridan deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 25 dekabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 26 dekabrda respublika hududlarining ko‘p qismida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 25 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, 26 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqni, kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

27-28 dekabrda quruq va iliq ob-havo o‘rnashadi, kunduzgi havo harorati 10-15 daraja iliqqacha, janubda 16-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

29 dekabrda Kaspiy dengizi hududlaridan yana deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?