07:53 / 26.12.2018
3 859

Tadbirkorlik va davlat nazorati: Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini tayyorladi

Tadbirkorlik va davlat nazorati: Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini tayyorladi
Bosh prokuratura tomonidan “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

Qonun loyihasida davlat nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplari yozilgan:

- jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
- nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
- tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy faoliyatiga aralashmaslik;
- tadbirkorlik sub’ekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va uning davlat tomonidan nazorat qilinishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub’ektining foydasiga talqin etiladi;
- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning barvaqt oldini olish va profilaktikasi samaradorligini oshirishni ta’minlash.

Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida quyidagilarga yo‘naltirilgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshiradi: Masalan, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish; ularning faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash; huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni aniqlash va o‘rganish va boshqalar.

"Profilaktik chora-tadbirlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘zlari tasdiqlagan har choraklik manzilli dasturlar asosida huquqiy tashviqotlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish davomida huquqbuzarliklar sodir etish holatlari aniqlangan taqdirda, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari huquqbuzarlik sodir etilishi sabablarini va uni keltirib chiqargan shart-sharoitlarni o‘rganib chiqishi shart", - deyilgan hujjat loyihasida.

Shu bilan birga, yangi hujjat loyihasida aytilishicha, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash va har qanday ko‘rinishdagi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangi qonunning 6-moddasida “Xavfni tahlil qilish” tizimiga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatida qonun hujjatlarini buzish xavfi darajasini davlat nazoratining tegishli sohasidga oid aniq mezonlar asosida aniqlash mexanizmini nazarda tutadi.

“Xavfni tahlil qilish” tizimi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro aloqaga kirishmasdan qo‘llaniladi, ular tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat organlariga hisobotlar taqdim etish hollari bundan mustasno”, - deyilgan qonun loyihasida.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatiga “xavfni tahlil qilish” tizimini joriy etish mezonlari va tartibi nazorat qiluvchi organlar tomonidan vakolatli organ hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda, o‘zlari amalga oshiradigan nazorat xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlik va davlat nazorati: Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini tayyorladi