13:33 / 26.12.2018
3 405

Endi qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroga yetkazilgan zarar qoplab beriladi

Endi qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroga yetkazilgan zarar qoplab beriladi
“Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.

Qonun loyihasi qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llash, qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat idoralarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qoplanishini, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxsdan undirib olinishini nazarda tutadi.

Qonunning qabul qilinishi:

- mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatliligi va ularning fuqarolar oldidagi javobgarligini oshirish;
- korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarini bajarish;
- Davlat byudjeti manfaatlarini himoya qilish;
- davlat organlari faoliyatining sifatini oshirish;
- qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi javobgarligini oshirish;
- korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarini bajarish hamda Davlat byudjeti manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Moliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil iyun, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil iyul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroga yetkazilgan zarar qoplab beriladi