15:12 / 28.12.2018
3 471

Prezident: "Tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur"

Prezident: "Tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur"
“Hayot o‘zgardi, ammo Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari o‘zgarmadi“, dedi Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida.

Prezidentimiz o‘z murojaatida jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish masalalariga to‘xtalar ekan, amaldagi Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganini eslatib o‘tdi. O‘tgan davrda hayot o‘zgargani, jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi o‘zgargani nuqtai nazaridan bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermasligi qayd etildi.

“Shuning uchun jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Qonunchilikda har bir jinoyatning belgi va xususiyatlarini, jazo tayinlash mexanizmlarini aniq ko‘rsatish, tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur“ deya qayd etdi Prezidentimiz o‘z murojaatida.

Bu borada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyaga 2019 yil 1 iyulga qadar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: "Tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur"