15:45 / 31.12.2018
4 272

2019 yilda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari yana uchrashadi

2019 yilda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari yana uchrashadi
2019 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on uchrashadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida ikki mamlakat strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisi o‘tkaziladi. Majlis qayerda bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

29 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya elchisi Ahmet Bashar Shen bilan ushbu majlisga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qilgan. Shuningdek, turli darajalardagi bo‘lajak boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali yuzasidan ham fikr almashilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2019 yilda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari yana uchrashadi