07:50 / 03.01.2019
3 919

2019 yilda iste’mol inflyatsiyasi 15 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda

2019 yilda iste’mol inflyatsiyasi 15 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda
2019 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 15 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

«Umumiy hisobda 2018 yil davomida iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 14,3%ni tashkil etdi. O‘ylaymanki, 2019 yilda ham bu ko‘rsatkich 15 foizdan ortiq bo‘lmaydi», - deydi Qo‘chqorov.

2018 yilning oxirgi to‘rt oyi davomida tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘sish darajasi 7,6 foizni tashkil etgandi. 2018 yil dekabr oyida tovarlar narxi o‘rtacha 2,3 foiz, yil boshidan esa 13,8 foizga qimmatlashgan bo‘lsa-da, ushbu guruh indeksi iste’mol sektoridagi umumiy yillik inflyatsiya darajasidan birmuncha pastroq darajani tashkil etdi (14,3 foiz).

Narx-navo siyosatini barqarorlashtirish, keskin oshib ketishlarning oldini olish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yirik savdo do‘konlari tarmoqlari bilan hamkorlikda har kunlik o‘zgarishni qayd etishni taklif qildi. Uning aytishicha, narx oshganda unga ta’sir qilgan omillar o‘rganiladi, salbiy holatlar bartaraf etilishi ko‘zda tutiladi. ​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2019 yilda iste’mol inflyatsiyasi 15 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda