07:25 / 06.01.2019
3 919

O‘zbekistonda avtomobil, temiryo‘l va aviatashuv xizmatlari rivojlantiriladi

O‘zbekistonda avtomobil, temiryo‘l va aviatashuv xizmatlari rivojlantiriladi
O‘zbekistonda transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish hamda transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilmoqda.

Konsepsiyada O‘zbekistonni yo‘lovchi tashish sohasida yirik mintaqaviy transport «xab»iga aylantirish rejalashtirilgan.

Buning uchun xalqaro parvozlar geografiyasi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar, jumladan O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga parvozlarni kengaytirish, aviaparvozlar sifatini oshirish va narxini pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yo‘lovchi tashishni rivojlantirish dasturi qabul qilinadi. Dastur muntazam transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, turistik markazlarni bog‘lovchi respublika va mintaqaviy ahamiyatga ega mavjud avtoyo‘llarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, yo‘lbo‘yi infrastrukturasini (kemping, servis xizmati ob’ektlari, umumiy ovqatlanish, tibbiy va sanitar punktlari) yaxshilash kabilarni o‘z ichiga oladi.

Transport tariflarini maqbullashtirish, yirik xalqaro aviatashuvchilarni jalb qilish, arzon aviatashuvlar tashkil etish va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Farmon bilan O‘zbekistonning logistik jozibadorligini tubdan yaxshilash, xorij aviakompaniyalarini mahalliy aeroportlarga parvoz qilishga jalb qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ishchi guruhi tuzildi.

- Respublikada tovar almashishni, birinchi navbatda Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan yo‘lovchilar tashish va investitsiyalar hajmini oshirish uchun transport qatnovi tizimini tubdan yaxshilash;
- ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha turistlar oqimini oshirish uchun aviakompaniyalarni jalb etish masalasini tezkorlik bilan hal etish, Indoneziyadan muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;
- turistlarni jalb etish maqsadida strategik muhim parvoz yo‘nalishlarini aniqlash;
- respublika aeroportlarida yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy aviatashuvchilar uchun chegirma va imtiyozlar tizimini ishlab chiqish;
- mamlakatning ayrim aeroportlarida «ochiq osmon» tartibini joriy etish;
- mahalliy aviakompaniyalarni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida normativ-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish;
- aviakompaniyalar xarajatlarini qisqartirish va iste’molchilar uchun aviachiptalar narxini maqbullashtirish;
- viloyatlar orasida ichki aviaqatnovlar sonini oshirish va boshqalar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda avtomobil, temiryo‘l va aviatashuv xizmatlari rivojlantiriladi