23:50 / 06.01.2019
3 546

Samarqand 2019 yilda sayyohlar borishi shart bo‘lgan hududlar qatoriga kiritildi

Samarqand 2019 yilda sayyohlar borishi shart bo‘lgan hududlar qatoriga kiritildi
Britaniyaning yetakchi nashrlaridan biri The Guardian 2019 yilda dam olish uchun borish lozim bo‘lgan hududlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ro‘yxatdan Samarqand shahri ham o‘rin oldi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

“2016 yilda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida faoliyatini boshlagandan so‘ng mamlakatda o‘zgarishlar, islohotlar ro‘y berdi. Mamlakatning dunyoga mashhur mehmondo‘stligi, ajoyib arxitekturasi va Buyuk Ipak yo‘li merosini ko‘rishga intilgan sayyohlar uchun tezkorlik bilan rivojlana boshladi. Yangi joriy qilingan elektron vizalar eski jarayon bilan solishtirganda yoqimli shabadadek ta’sir ko‘rsatdi. Bugun u yerga borish ham ancha qulaylashgan. Turk havo yo‘llari (Turkish Airlines), Istanbul-Samarqand marshrutini yo‘lga qo‘ydi, natijada O‘zbekistonning eng go‘zal shahrini Londondan faqat bitta bekat ajratib turadigan bo‘ldi; shaharlarni bog‘lab turadigan poyezdlar tarmog‘i sayyohlar uchun bir qator qulayliklarni taqdim etdi. Ammo bu degani poytaxt Toshkentni ko‘rmasdan o‘tib ketish kerak degani emas, chunki bugungi kunda Toshkentning eng go‘zal me’moriy ob’ektlaridan biri bo‘lgan metroda suratga olish uchun ruxsat berildi“, deyiladi nashrda e’lon qilingan maqolada.


Maqolada Alisher Navoiy metro bekatiga “bekat XV asrda tug‘ilgan shoirning nomiga qo‘yilgan bo‘lib, devorlari buyuk adibning asarlaridan olingan epizodik sahnalar bilan bezatilgan“ deya ta’rif beriladi.

The Guardian e’lon qilgan maqolada shuningdek Hindistonning Gujarat, Qirg‘iziston, Singapur, Shimoliy Vetnam, Makao, Tayvan, Fransiyaning Normandiya va Lion, Farer orollari, Germaniya, Shveysariyaning Vevey, Sloveniya, Bolgariyaning Plovdiv, Portugaliyaning Madeyra orollari, Italiyaning Matera, Britaniyaning Bristol, Yorkshir, Manchester, Brayton, Portsmut, Shimoliy Irlandiya, AQShning Nyu-York, Grand Kanon, Tennessi va Florida, Meksika poytaxti Mexiko, Argentina, Kuba poytaxti Gavana, Beliz orollari, Kolumbiyaning Los-Lanos, Yangi Zelandiyaning Gisborn, Tasmaniya vodiysi, San Tome va Prinsip orollari, Efiopiya, Ruanda, JARning Durban va Iordaniya kabi shaharlar va mamlakatlar nomi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand 2019 yilda sayyohlar borishi shart bo‘lgan hududlar qatoriga kiritildi