17:02 / 07.01.2019
4 412

O‘zbekistonda mehmonxonalar soni keskin ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda mehmonxonalar soni keskin ko‘paytiriladi
"Toshkent Siti" hududida qad rostlayotgan Hilton mehmonxonasi
“Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“ gi Prezident qarori bilan 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Unga binoan 2019 yilda umumiy xonalar soni 4664 ta bo‘lgan yana 212 ta yangi mehmonxonalar quriladi. Eng ko‘p mehmonxonalar Toshkent (41 ta), Samarqand (30 ta) va Buxoroda (29 ta) bunyod etiladi. 2021 yilga qadar bosqichma bosqich ularning soni oshirib boriladi va shu davrga qadar umumiy xonalar soni 30 212 ta bo‘lgan yangi 1508 ta mehmonxonaga asos solinadi. Shu tariqa 2021 yilga borib O‘zbekistonda mehmonxonalar soni 2 394 taga yetadi. Ulardagi xonalar soni esa 50 044 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yakuniga ko‘ra yurtimizda 886 ta mehmonxona bo‘lib, ularda 19 ming 832 ta xonalar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda mehmonxonalar soni keskin ko‘paytiriladi