00:13 / 08.01.2019
5 438

O‘zbekiston rossiyalik o‘qituvchilar xizmatlaridan voz kechdi

O‘zbekiston rossiyalik o‘qituvchilar xizmatlaridan voz kechdi
Foto: «Podrobno.uz»
O‘zbekiston Ta’lim vazirligi mamlakat maktablariga rossiyalik o‘qituvchilarni taklif etish imkoniyatidan voz kechdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining elchisi Vladimir Tyurdenev bayonotiga tayanib, «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Tyurdenevning so‘zlariga qaraganda, vazirlik o‘zining rad javobini O‘zbekistonda rus tilida ta’lim beruvchi maktablar soni ko‘pligi, shuning uchun ularning barchasini qamrab olish qiyin bo‘lishi, bu esa kadrlarni taqsimlashda ixtilofni keltirib chiqarishi bilan izohlagan.

«Adolatli muqobil sifatida vazirlik Rossiyaga malaka oshirish kurslariga, shuningdek, respublika hududidagi Rossiya markazlariga tayyorgarlikka yuborilayotgan o‘qituvchilar sonini oshirishni taklif qildi», — deya ta’kidladi elchi.

Avvalroq bunday tajriba Tojikistonda amalga oshirilgan edi, u yerga Rossiyaning bir qator shaharlaridan pedagoglar guruhi yuborilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston rossiyalik o‘qituvchilar xizmatlaridan voz kechdi