13:32 / 09.01.2019
3 744

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga boradi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Xalqaro press-klubning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Neʼmatovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti Hindistonning Gujarat shtatiga boradi. Tashrif bir haftadan soʻng - taxminan 17-18 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, Gujarat shtatida ishbilarmonlik sammiti va koʻrgazma tashkil etiladi. Koʻrgazma farmatsevtika mahsulotlari va yengil sanoat sohasiga bagʻishlangan boʻladi. Yigʻilishda maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston koʻrgazmasiga taxminan 4 mingga yaqin kishining tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonda tashrif bilan boʻlgandi. Tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston prezidenti joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga boradi