“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Talgo-250 tezyurar poyezdlari va ekonom-klass vagonlari sotib oladi

  • 10 yanvar 2019, 00:00
  • 847
  • O‘zbekiston
  • “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Talgo-250 tezyurar poyezdlari va ekonom-klass vagonlari sotib oladi
    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2019-2021 yillarda ikkita Talgo-250 tezyurar poyezdi va toʻrtta ekonom-klass vagonini sotib oladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

    Manbaning aytishicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bu borada Ispaniyaning “Ratentes Talgo S.L.U” kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar yakuniga koʻra, tezyurar poyezdlar va vagonlar hamda ularning ehtiyot qismlari va servis xizmati koʻrsatish uchun jihozlar sotib olish boʻyicha tegishli shartnomalar imzolanadi.

    Oʻtgan yilning sentyabrida Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazayotgani xabar qilingandi.

    » » “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Talgo-250 tezyurar poyezdlari va ekonom-klass vagonlari sotib oladi