13:34 / 12.01.2019
4 691

Noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari soni bo‘yicha O‘zbekiston «yetakchi» bo‘ldi

Noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari soni bo‘yicha O‘zbekiston «yetakchi» bo‘ldi
Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari noto‘g‘ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha Yevropa mamlakatlari reytingini tuzishdi. Tadqiqot 1990 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrdagi ma’lumotlarga asoslanadi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Zararli ovqatlanish odatlari tufayli eng yuqori o‘lim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi. Muqaddam SSSR tarkibiga kirgan respublikalar reytingda birinchi o‘n bir o‘rinni egalladi. O‘zbekiston o‘lim holatlari soni bo‘yicha «yetakchi» bo‘ldi. Qayd etilishicha, mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida har 100 ming kishidan 394 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinda Turkmaniston hamda Qirg‘iziston. Ulardan keyin Ukraina, Moldova, Ozarboyjon, Belarus, Tojikiston va Qozog‘iston joylashdi. Rossiya har 100 ming kishiga 291ta o‘lim holati ko‘rsatkichi bilan o‘ntalikni yakunladi.

Eng to‘g‘ri ovqatlanishga Ispaniya, Isroil va Fransiya aholisi rioya qiladi. Bu mamlakatlarda har 100 ming kishidan 43-46 inson noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Olimlarning baholashicha, 2016 yilda noto‘g‘ri ovqatlanish Yevropadagi o‘lim holatlarining yarmiga sabab bo‘ldi. Mintaqada yashovchi ikki milliondan ortiq kishi oziq-ovqatdagi tuz miqdori yuqori ekani va sabzavot, yong‘oqlar hamda donli mahsulotlar iste’molining kamligi tufayli kelib chiqqan kasalliklar qurboniga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari soni bo‘yicha O‘zbekiston «yetakchi» bo‘ldi