06:55 / 15.01.2019
7 009

O‘zbekistonga hafta oxirida Volga bo‘yidan sovuq havo oqimi keladi

O‘zbekistonga hafta oxirida Volga bo‘yidan sovuq havo oqimi keladi
“O‘zgidromet” mutaxassislaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 14 yanvarda yurtimizning shimoliy tumanlariga salqin va nam havo oqimi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

15 yanvarda salqin va nam havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Xususan, shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

16-17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 yanvarda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18-19 yanvarda yurtimizga Turkmanistondan iliq havo oqimi kirib keladi, 18 yanvarda iliq harorat fonida yomg‘ir yog‘adi, 19 yanvarda esa Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo oqimi kirishi bilan ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shu kunlarda harorat kechalari 3-5 daraja iliqdan 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 6-8 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga hafta oxirida Volga bo‘yidan sovuq havo oqimi keladi