20:00 / 17.01.2019
3 500

Mehnat vazirligi 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini va’da qilmoqda

Mehnat vazirligi 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini va’da qilmoqda
O‘zbekiston Mehnat va bandlik vazirligi 2019 yilda 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda, dedi Xalqaro Press Klubning "O‘zbekistonda xotin-qizlar va oila muammolari: ijtimoiy yordam, ishonch va maqsadli yechimlar" mavzusidagi sessiyasi davomida Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Timur Maxmudov.

Mehnat vazirligi axborotiga muvofiq, O‘zbekistonda ishsizsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 9,3 foizni tashkil qiladi.

"Ayollar kesimida oladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 13%ni tashkil qiladi, ya’ni o‘rta hisobda haqiqiy ishsiz ayollarsoni 1 million atrofida. Lekin bandligi ta’minlangan, mavsumiy ishlarda ishlayotgan ayollarimiz ham doimiy ishlarga o‘tish, rasmiy sektorda faoliyat yuritish istagini bildiralar. Ularni ham hisoblasak ishsiz, ishga muhtoj ayollar soni 2-2,5 millionga yetadi", - dedi Maxmudov.

Shu o‘rinda, Maxmudov Mehnat vazirligi 2019 yilda 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

"Bundan kamida 50%i, ya’ni 200 mingdan ortig‘i ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 13 ming nafar og‘ir turmush sharoitidagi ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha ham qator ishlarni amalga oshiramiz. Ularning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirdik, va bu ayollarni ishga joylashtirish bo‘yicha manbalarni aniqlab oldik", - deya izoh berdi mehnat vazirligi vakili.

Vazirlik rejasiga muvofiq, 2019 yilda 220 ming ayol vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etiladi. Moliya vazirligi tomonidan shu maqsadda 400 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mehnat vazirligi 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini va’da qilmoqda