12:56 / 18.01.2019
6 375

O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etildi

O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (rahbar - Eldor Tulyakov), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va keng jamoatchilikning quyidagi takliflariga rozilik berildi:

a) “Yuksalish” umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘linmalarini tashkil etish (rahbar - Akmal Burhonov);

b) rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni “Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy vazifasi etib belgilash, shu jumladan, quyidagilar orqali birlashtirish:

- xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
- jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish;
- rejalashtirilgan, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritish;

v) Umummilliy harakat rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasidan saylash, ular bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining maslahatchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:
- Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni har oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan holda o‘z veb-saytlarida joylashtirish;
- monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etildi