20:38 / 18.01.2019
16 474

O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda
O‘zbekistonda yangi hafta ob-havoning sovishi bilan boshlanadi. 20 yanvar, yakshanba kuni ob-havo haroratining pasayishi va yog‘ingarchilik — yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bermoqda.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, ob-havo 20 yanvar kuni soviydi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik va haroratning kunduzi +2, +4 daraja, kechasi -2, -0 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Eng sovuq ob-havo Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi ma’lum qilinmoqda. 20 yanvar kuni harorat -3, -8 darajagacha, 21—23 yanvar kunlari esa -7, -15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

20 yanvar kuni respublika bo‘yicha o‘rtacha harorat kechasi -2, +3 daraja, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi bildirildi.

21—23 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5, 0 daraja sovuq, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 20—21 yanvar kunlari havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. 22—23 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5, -10 daraja sovuq, kunduzi -5, 0 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda