21:28 / 19.01.2019
5 113

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda 36ta xorijiy safarda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda 36ta xorijiy safarda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilda 36ta xorijiy safarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xalqaro-Press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev ma’lum qildi.

Jurnalistning aytishicha, davlat rahbari 20 yanvar kuni safarlarning ikkinchisi – Germaniyaga yo‘l oladi. Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashishi belgilangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilni Hindiston safari bilan boshlagandi.

U 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Gandinagar shahri «Mahatma Mandir» ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilgan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etib qaytdi.
Ayni paytda Shavkat Mirziyoyevni Belgiya, Shveysariya, Kanada, Yaponiya, Bolgariya, Belarus Respublikasida kutishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda 36ta xorijiy safarda bo‘ladi