18:57 / 21.01.2019
5 227

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
Berlin shahridagi Belvyu saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli sohalardagi aloqalarni ikki va ko‘p tomonlama asosda rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar bundan buyon ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashda davom etajagini bildirgan.

Prezidentlar Germaniya tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi asosida munosabatlarni mustahkamlash muhimligini qayd etishgan.
«Davlatimiz rahbari «Markaziy Osiyo + Germaniya» formatida muloqotlarni yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti tubdan modernizatsiya qilinayotgan hozirgi jarayonda Germaniyaning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb etish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar ham muhokama qilindi. Maktab ta’limida samarali nemis texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, «Maktablar: kelajak sheriklari» (PASCH) tashabbusini amalga oshirish, O‘zbekistonda Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, ikki xalq o‘rtasida madaniy aloqalarni kengaytirish istiqbollari e’tibor markazida bo‘ldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuv so‘ngida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan borishga taklif etgan. Federal prezident mamlakatimizga shu yil may oyida borishga tayyor ekanini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi