15:46 / 24.01.2019
7 104

O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi
Foto: «mv-vatanparvar.uz»
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:
- Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi