00:15 / 28.01.2019
6 894

Kelgusi haftada O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

Kelgusi haftada O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 29 yanvardan 1 fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, 29 yanvardan boshlab mamlakatda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29—30 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 yanvar — 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28—29 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—30 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 yanvar — 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq, 31 yanvar — 1 fevral kunlari kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 yanvar va 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 29—30 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq , kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31 yanvar—1 fevral kunlari kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 yanvar va 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30—31 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 30 yanvar — 1 fevralda kechasi kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 30—31 yanvar kunlari ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29—31 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 1 fevralda 2-7 daraja sovuq, 29 yanvar kunduzi 3-8 daraja iliq, 30 yanvar-1 fevral kunlari kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelgusi haftada O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi