12:02 / 28.01.2019
5 507

Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi

Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, u boshqa lavozimga o‘tkazilgan.

Suhrob Xolmurodov 1973 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993 yildan beri bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. U 2017 yil martida Milliy bank rahbariga aylangan edi. Bungacha u bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Manba xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. U bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.

Elyor G‘aniyev 1997-2002 yillarda tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari), 2005-2006 yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari), 2006-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U 2010-2012 yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari), 2012 yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagandi. 2017 yil noyabr oyi oxirlaridan - prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018 yil 27 avgustdan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi