12:22 / 28.01.2019
4 972

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri tayinlandi

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri tayinlandi
"O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
U bu lavozimda biroz avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangani xabar qilingan Jamshid Xo‘jayev o‘rnini egalladi.

Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 2018 yilning 1 iyun kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng - Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003 yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) o‘z faoliyatini boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tashqi savdo vaziri tayinlandi