18:37 / 28.01.2019
4 438

UNESCO O‘zbekistonni «Markaziy Osiyoning yuragi» deb atadi

UNESCO O‘zbekistonni «Markaziy Osiyoning yuragi» deb atadi
UNESCO’ning «Buyuk Ipak yo‘li» loyihasi rahbari Xose Mario Chikilo «Shaharlari Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan O‘zbekiston ‘Markaziy Osiyoning yuragi’ deb fikr bildirgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

«O‘zbekiston bizning loyihada ishtirok etayotgan davlatlar orasida namunali davlatdir. Ushbu mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha choralar dunyo hamjamiyati oldida mamlakat imidjiga ijobiy ta’sir qilmoqda», - dedi Xose Mario Chikilo.

Xose Mario Chikilo, shuningdek, O‘zbekiston nafaqat turizm sohasida, balkim demokratiyalashtirish jarayonida ham oldinga qadam tashlayotganini va yaqin kelajakda Markaziy Osiyo geosiyosatida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Ispaniyadagi ko‘rgazmaga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» hamda Madriddagi O‘zbekiston elchixonasi vakillar kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » UNESCO O‘zbekistonni «Markaziy Osiyoning yuragi» deb atadi